» » “O‘zbekneftgaz” ixtisosli bo‘lmagan obyektlarini sotishni boshladi

“O‘zbekneftgaz” ixtisosli bo‘lmagan obyektlarini sotishni boshladi


Neft va gaz sanoatiga qarashli O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan ixtisosli bo‘lmagan 156 obyektlar ochiq savdolarda xususiy mulkka sotiladigan bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Fermer xo‘jaliklar rahbarlarini savdoga qo‘yilgan intensiv bog‘lar, bog‘dorchilik xo‘jaliklari, sut mahsulotlarini qayta ishlash sexlari, chorvachilik majmualari, go‘shtni qayta ishlash va kolbasa ishlab chiqarish korxonalari, baliqchilik xo‘jaliklari, issiqxonalar, parrandachilik fermalari, yordamchi xo‘jaliklar, asalarichilik xo‘jaliklari,qandolatchilik sexlari va sovutish uskunalari qiziqtirishi mumkin.

Tadbirkorlar esa yoqilg‘i quyish shaxobchalariga, gaz uskunalarini tekshirish va o‘rnatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markazlarga, elektr jihozlarini ta’mirlash ustaxonalariga, tikuvchilik sexlari, dam olish oromgohlari, sihatgohlar, turar-joy binolari (qurilishi bitmagan), do‘konlar va savdo majmualariga, hamda qator korxonalarga, to‘qimachilik korxonalari shular jumlasidan, e’tibor qaratishlari mumkin.

Ma’muriy binolar, sport majmualari, mehmonxonalar va yotoqxonalar, poliklinikalar, yoshlar markazi binolari, do‘konlar, omborxonalar, nasldor otlarni ko‘paytirish va tayyorlash majmualari ham ochiq savdolarga qo‘yilgan.

Ta’kidlash joiz, savdoga qo‘yilgan aktivlarning aksariyati yo‘lga qo‘yilgan biznes bo‘lib, qo‘shimcha mablag‘ kiritilishini talab qilmaydi, bu esa, o‘z o‘rnida, viloyatlardagi tadbirkorlar uchun ayniqsa qimmatli. Obyektlarni yangi egalariga sotish esa O‘zbekiston viloyatlari aholisini qo‘shicha ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkonini yaratadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ investorlar va tabdirkorlik subyektlariga yordam ko‘rsatishga doimo tayyor. Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun yoki bitim tuzishda biror to‘siqlar paydo bo‘lganida, quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin (71) 236 02 16.

“Takliflar bo‘yicha to‘liq ma’lumotni www.uzneftegaz.uz saytining “Aktivlarni sotish” bo‘limidan olsangiz bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilish zarur, neft va gaz sanoatiga tegishli ixtisosli bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlarni savdoga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-iyun kunidagi 443-son va 2018-yil 25-avgust kunidagi 685-son qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Agar aktivlar ushbu qarorlar qabuliga qadar ijaraga berilgan bo‘lsa, ijarachining obyektni sotib olish huquqi ortadi.

Agarda obyektlar ochiq savdolarga qo‘yilgan kundan boshlab uch oy mobaynida sotilmasa, ular tadbirkorlarga bozor qiymatida 10 yilgacha muddat ichida uzish sharti bilan sotiladi.

Bundan tashqari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga davlat mulki sifatida bepul beriladigan hamda boshqa tashkilotlarga samarali foydalanishlari sharti bilan xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxati tuzilgan. Ular orasida, xususan, Qarshi tumanidagi issiqxona, Pop tumanidagi mehmonxona, Farg‘ona shahrida joylashgan “Neftchi” madaniyat saroyi va boshqalar. Bir oy muddatda ro‘yxatdagi obyektlar mahalliy hokimiyat organlariga qoldiq balans qiymatida beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют