» » Nyu-Dehlida 100 mln dollardan oshiq qiymatdagi eksport shartnomalari imzolandi

Nyu-Dehlida 100 mln dollardan oshiq qiymatdagi eksport shartnomalari imzolandi


Nyu-Dehli shahrida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi va O‘zbekiston — Hindiston biznes-forumi davomida umumiy qiymati 104,1 million dollarlik 29 ta shartnoma imzolandi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki davlat tashkilotlari va ishbilarmon doiralarining 100 dan ziyod vakili ishtirok etgan ushbu tadbirlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.

Tomonlar umumiy qiymati 102,1 million dollarlik eksport shartnomalari va 1 ta import kelishuvini (2 million dollar) imzoladi.

Eksport shartnomalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar, bodom, qizilmiya ildizi), kimyo va tekstil mahsulotlari yetkazib berishdan iborat. Import shartnomasi esa qurilish materiallari sotib olishni nazarda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют