» » “Toshkent— Andijon” yo‘nalishida ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“Toshkent— Andijon” yo‘nalishida ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent—Pop (Rouston) — Marg‘ilon—Andijon yo‘nalishida ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

20 futlik konteynerlarda yuklar Toshkentdan Andijonga va Andijondan Toshkentgacha 10 soatda olib boriladi. Agar konteynerlar Pop, Marg‘ilon stansiyalariga yuboriladigan bo‘lsa, u holda yana ham qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkaziladi.

Ta’kidlash joizki, qish kunlarida Qamchiq dovonidagi tirbandliklar, ovoragarchiliklar, ortiqcha vaqt yo‘qotishlar tadbirkorlarning ishlarida ko‘plab noqulayliklar keltirib chiqaradi. Mazkur ekspress konteyner yuk poyezdi aynan shunday holatlarning oldini olish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Platformaga konteynerlarni ortish va tushirish jarayonlari temir yo‘l tomonidan amalga oshiriladi. Uning xarajatlari har bir konteyner uchun to‘lanadigan umumiy to‘lov hisobiga (1 million so‘m) kiritilgan. Bugungi kunda tadbirkor boshqa transport vositasida Toshkentdan Andijongacha olib boradigan yuki uchun 1,5—2 million so‘m atrofida xarajat qiladi. Shuni inobatga oladigan bo‘lsa, ushbu ekspress konteyner yuk poyezdi nafaqat tadbirkorlar, balki mazkur yo‘nalishda yuk jo‘natish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ham katta qulaylik.

5-oktabr kuni dastlabki qatnovini boshlagan ekspress konteyner yuk poyezdi ushbu yo‘nalishda haftada 2 marta qatnovni amalga oshiradi.

Keyinchalik buyurtmalar ortishiga qarab qatnovlar sonini ko‘paytirish, respublikaning boshqa xududlariga ham bunday poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют