» » Namanganda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi

Namanganda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi


Hukumat qaroriga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki ruxsatnoma olmay qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini olish davlat xizmatlari markazlari va ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish tuman (shahar) komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Biroq, o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda “Kadastr 2.0” tizimidan olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, umumdavlat aksiyasi doirasida tashkil etilgan komissiya ishchi organiga komissiya a’zolari tomonidan ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha o‘z xulosalarini belgilangan muddat mobaynida taqdim qilinmay, qator qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yib kelinmoqda.

Jumladan, Kosonsoy tumani IIB tomonidan 45 ta, Yangiqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan 9 ta, Mingbuloq tuman IIB tomonidan 23 ta, Chortoq tuman IIB tomonidan 22 ta, Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan 29 ta, Pop tuman IIB tomonidan 50 ta, Norin tuman IIB tomonidan 10 ta va Namangan tuman IIB tomonidan 19 ta holatda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yishlik, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq ijro etmaslik, asossiz ravishda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etmaslik holatlari kuzatildi. Bunga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasiga taqdimnoma yuborildi.

Shuningdek, Namangan shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 210 ta va Pop tuman soliq inspeksiyalari tomonidan 64 ta, Namangan shahar DSENM tomonidan 512 ta, Namangan shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan 203 ta, Namangan shahar qurilish bo‘limi tomonidan 510 ta holatda muddat buzilishi holatlari sodir etilganligi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Shuningdek, 5 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan boshqarma tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2155-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, joriy yil v15-sentabridan 30-sentabr kuniga qadar davlat markazlariga o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolardan jami 528.739.000 so‘m miqdoridagi bir martalik boj undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют