» » Vegetarianlik salomatlik uchun qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

Vegetarianlik salomatlik uchun qanday muammolarni keltirib chiqaradi?


Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlardan voz kechish – har bir odamning shaxsiy ishi, lekin o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tishda bunday parhezning oqibatlari va xavfini tushunish juda muhim.

B12 vitamini odatda hayvonlardan olinadi: go‘sht, sut, pishloq, dengiz mahsulotlari. Bu vitamin organizmda ishlab chiqarilmaydi. Vegetarianlik parhezi charchash, yomon kayfiyat va yuzning siniq rangiga sabab bo‘ladi.

Organizmda temir moddasi faqat oqsillardan olinadi, bu element zaxirasi esa unchalik katta emas. Proteinlari kam bo‘lgan ozuqa organizmda temirning o‘zlashtirilishiga va almashinishiga salbiy ta’sir qiladi.

Xolesterin jinsiy gormonlarning sintezlanishida juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun yog‘lar va uglevodlar kelib tushishini qat’iy ravishda chegaralash estrogen, progesteron va testosteronlar ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi.

Vegetarianlikka o‘tishni ma’qul ko‘rganlar sog‘liqlariga jiddiy e’tibor berishlari va muntazam ravishda vitamin va mikroelement zaxiralarini to‘ldirib turishlari maqsadga muvofiqdir.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют