» » Habib vs Konor. Yil jangini qaysi kanaldan tomosha qilish mumkin?

Habib vs Konor. Yil jangini qaysi kanaldan tomosha qilish mumkin?


Ertaga, 7-oktabr Toshkent vaqti bilan, taxminan, tongi 07:00 larda (sababi mazkur jang oqshomida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tadi) UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor va tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida o‘zara jang qiladi.

Mazkur jangni O‘zbekiston telekanallari translyatsiya qilmaydi. Xo‘sh, ushbu jangni qayerda tomosha qilish mumkin? “Olamsport” yil jangini translyatsiya qiladigan telekanal va saytlar ro‘yxatini havola etdi.

1. Match-TV

Rossiyaning asosiy sport kanali ushbu jangni jonli efirda olib beradi. Kanalning rasmiy saytida ham transyalsiyani ko‘rish mumkin.

2. 2+2

Jangni tomosha qilish uchun ikkinchi manba Ukrainaning 2+2 telekanalidir. Ushbu kanalda ham rasmiy sayt mavjud.

3. Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi Sila-TV sahifasi ushbu jang translyatsiyasini sotib olgan. Ko‘proq interter trafik sotib olib, ushbu translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.

4. TopFight.ru

TopFight.ru sayti ham ushbu jang uchun katta pul sarfladi. Ushbu saytda yozilishicha, jang sharlovchilarsiz efirga uzatiladi.

5. KazSport

Qozog‘istonning KazSport telekanali ham jangni jonli translyatsiya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 18:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют