» » O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt pulini to‘lash muddati yana uzaytirildi

O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt pulini to‘lash muddati yana uzaytirildi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 31-oktabrga qadar uzaytirildi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu qaror Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 5-oktabr kuni qabul qilingan.

Komissiyaning xuddi shu kundagi qarori bilan bakalavriat va magistraturaning ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt pulini to‘lash mudddati 15-noyabrgacha uzaytirilgan.

Avvalroq komissiya bakalavriat va magistraturaning birinchi kursiga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun kontrakt to‘lovining oxirgi muddatini 15-sentabrdan 30-sentabrga ko‘chirish haqida qaror chiqargan edi.

Ma’lumot uchun, superkontrakt asosida o‘qish istagidagi talabalar uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati 31-oktabr hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют