» » Indoneziyadagi zilzila va sunami vayronalari ostida 150 mingdan ortiq odam bo‘lishi mumkin

Indoneziyadagi zilzila va sunami vayronalari ostida 150 mingdan ortiq odam bo‘lishi mumkin


Indoneziya rasmiylari Sulavesi oroli yuz bergan zilzila va sunami vayronalari ostida 150 mingdan ortiq odam bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni rad etmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Indoneziya Tashqi ishlar vazirligining Axborot va media boshqarmasi boshlig‘i Ahmad Ramadanning so‘zlariga ko‘ra, “Palu shahrining turli qismlarida 150 mingdan ortiq odam tiriklayin ko‘milib qolgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblanmoqda”.

Hozircha qutqaruvchilar vayronalar ostidan 1558 nafar qurbonning jasadlarini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 65 mingdan ortiq uy zarar ko‘rgan yo vayron bo‘lgan.

28-sentabr kuni tongda Indoneziyaning Sulavesi oroli sohillarida, Palu shahri yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz bergan edi. Keyinroq yana bir — 7,4 magnitudali zilzila va bir necha kuchli aftershoklar qayd etildi.

Ushbu zilzilalardan so‘ng hukumat avvaliga sunami xavfini e’lon qildi, biroq keyinroq ogohlantirishni bekor qildi. Ogohlantirish bekor qilinganidan ko‘p o‘tmay Palu shahriga to‘lqinlarining balandligi ikki metrga yetadigan sunami yopirildi.

Indoneziyada 11-oktabrga qadar favqulodda holat tartibi joriy etilgan. Hukumat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 37,6 million dollar ajratgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila va sunami yetkazgan zarar qiymati 658 million dollardan ortiq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют