» » La Liga. Chempionlar Ligasida SSKAga mag‘lub bo‘lgan “Real” endi “Alaves”ga yutqazib qo‘ydi (video)?

La Liga. Chempionlar Ligasida SSKAga mag‘lub bo‘lgan “Real” endi “Alaves”ga yutqazib qo‘ydi (video)?


Bugun, 6-oktabr sanasida futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 8-tur bahslari davom ettirilmoqda.

Kecha turning ilk o‘yinida “Atletik B” jamoasi o‘z uyida “Real Sosyedad”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tur doirasida bugun 4 uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Shulardan uchtasi yakuniga yetdi. Jumladan, “Jirona” “Eybar” bilan kuch sinashib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Xetafe” “Levante” o‘z maydonida mehmon qilib, 0:1 hisobida yutqazdi.

Turnir jadvalida “Barselona” bilan qo‘shhokim bo‘lib turgan Madridning “Real” jamoasi esa mehmonda “Alaves”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan madridliklar darvozasini 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Manu Garsiya ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. “Real” esa YChL SSKAdan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Kunning so‘nggi o‘yinda “Leganes” “Rayo Valyekano” bilan kurashga kirishadi.? O‘yin 23:45 da boshlanadi. 8-turning markaziy o‘yini esa ertaga “Valensiya” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

La Liga

8-tur bellashuvlari

5-oktabr, juma

Gollar: 0:1—30 penalti, Oyarsabal, 1:1—32 Muniain, 1:2—47 Sangali, 1:3—74 penalti, Oyarsabal.

6-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 – 12, penalti Sharles, 1:1 – 40 Stuani, 2:1 – 42 Stuani, 2:2 –45 Arbilya, 2:3 – 72 Enrik.??

Gol: 0:1 – 60 Bardi.??

Gol: 1:0 –90+5 Manu Garsiya?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют