» » A Seriya. Krishtianu Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus”g‘alaba qozondi (video)

A Seriya. Krishtianu Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus”g‘alaba qozondi (video)


Bugun, 6-oktabr sanasida Italiya A Seriyasida 8-tur bahslari davom ettirilmoqda.

Kecha turning ilk bellashuvida “Torino” klubi “Frozinone” jamoasini qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bugun esa tur doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Kalyari” “Bolonya”ni o‘z maydonida mehmon qilib, Pedro hamda Pavolettining gollari evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa peshqadami “Yuventus” esa “Udineze” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda hisob 33-daqiqada “Yuve” a’zosi Rodrigo Bentankur tomonidan ochildi. 37-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu gol kiritib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ayni damda Rimning “Roma” jamoasi safarda “Empoli” bilan kurash olib bormoqda.

A Seriya

8-tur bellashuvlari

5-oktabr, juma

Gollar: 1:0—20 Rinkon, 2:0—46 Bazelli, 2:1—58 Goldaniga, 2:2—64 Chiano, 3:2 — 71 Berenguer.

6-oktabr, shanba

Gollar: 1:0—22 Pedro, 2:0—68 Pavoletti?

Gollar: 0:1— 33 Bentankur, 0:2—37 Ronaldu.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют