» » Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda yutqazib qo‘ydi, “Borussiya D” esa 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

Bundesliga. “Bavariya” yirik hisobda yutqazib qo‘ydi, “Borussiya D” esa 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi (video)


Bugun, 6-oktabr sanasida Germaniya chempionati 8-tur bahslari davom ettirildi.

Kecha turning ilk o‘yinida “Verder” jamoasi o‘z maydonida “Volsfburg”ni qabul qilib, 2:0 hisobi mag‘lubiyatga uchratdi. Gollarga Deyvi Klasen hamda Yoxannes Eggeshtayn mualliflik qildi. Bugun tur doirasida beshta bellashuv bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “Shalke-04” jamoasi “Fortuna” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqa peshqadami bo‘lib turgan Dortmundning “Borussiya”si esa o‘z uyida “Augsburg” bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda muxlislar naq 7 ta gol guvohi bo‘ldi. Shulardan 4 tasi mezbonlar tomonidan kiritilgan bo‘lsa, 3 tasi mehmon jamoa hisobiga yozildi. Ta’kidlash joiz, “Borussiya Dortmund” safida ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Pako Alkaser xet-trik qayd etdi. Shu tariqa dortmundliklar peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Niko Kovach boshliq “Bavariya” esa o‘z maydonida “Borussiya Myunxengladbax”ga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Gollar Plea, Shtindl hamda Hermann hisobiga yozildi.

Tur bahslari ertaga yakuniga yetadi.

Bundesliga

7-tur bellashuvlari

5-oktabr, juma

Gollar: 1:0—35 Klasen, 2:0—86 Eggeshtayn.

6-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 – 47 Makkenni, 0:2 – 53 Burgshtaller.

Gollar: 0:1 – 22 Finnbogason, 1:1 – 62 Pako Alkaser, 1:2 – 71 Maks, 2:2 – 80 Pako Alkaser, 3:2 – 84 Gyotse, 3:3 – 87 Gregorich, 4:3 – 90 Pako Alkaser.

Gollar: 1:0 – 30 Vud, 2:0 – 45 Vud, 2:1 – 50 Gomes, 3:1 – 90 Bebu.

Gollar: 0:1 – 10 Plea, 0:2 – 16 Shtindl, 0:3 – 88 Herrmann.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют