» » Sergelidagi tungi poyga ishtirokchilariga jarima va ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi (video)

Sergelidagi tungi poyga ishtirokchilariga jarima va ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi (video)


Toshkent shahar IIBB aholi tomonidan olingan videolavhalar tufayli Sergeli tumanida tungi poygalarda ishtirok etgan barcha haydovchilarning shaxsini aniqladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ularning uch nafari Shayxontohur, biri Uchtepa tumanida istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi. Haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Jumladan, Spark haydovchisi 23 yoshli Abduvohid Sh. va Nexia haydovchisi 20 yashar Islomjon N. eng kam ish haqining 2, Nexia haydovchisi 30 yoshli Sultonmurod Sh. Va Lacetti haydovchisi Qudrat V.ga 3 barobari miqdoridagi jarima jazosi qo‘llandi.

Shuningdek, ularning barchasi Sergeli tuman ma’muriy sudi tomonidan mayda bezorilik sodir etgan deb topildi va 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют