» » Jomboydagi ko‘p qavatli uylarda kanalizatsiya bo‘ladimi?

Jomboydagi ko‘p qavatli uylarda kanalizatsiya bo‘ladimi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018—2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yil 21-iyulda Samarqand viloyati hokimining qarori qabul qilingan edi, deyiladi “Zarnews.uz” xabarida.

Ushbu hujjatning 1-ilovasida 62 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha barcha yo‘nalishlardagi ishlar muddatlari bilan belgilab berilgan. Xususan, 1-oktabrga qadar ko‘p xonadonli uylarning tomini yopish, joriy va mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, uy-joylarning kirish yo‘laklari, yerto‘lalardagi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, fasad qismini ta’mirlash, bolalar maydonchasi qurish ishlari ham shu sanagacha tugatilishi lozim edi.

Xo‘sh, Jomboy tumanidagi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday? — degan masala ko‘tariladi xabarda.

“Ochig‘i, o‘tgan yili ko‘p qavatli uylardagi ahvolni o‘rganganimizda ayanchli holat — barcha kanalizatsiya quvurlari yerto‘laga tushishiga guvoh bo‘lgandik. Xususan, Guliston mahallasidagi bir qator ko‘p qavatli uylardagi antisanitar holat chidab bo‘lmas darajaga kelib qolgan edi. Endi-chi, jomboyliklar hali ham kanalizatsiyasiz uylarda yashamoqdami yoki ahvol o‘zgardimi?”, — deyiladi xabarda.

Tumandagi ko‘p qavatli uylarning aksariyatida tom qismi ta’mirdan chiqqan. Ayrim uylarda ta’mirlash ishlari hozirgacha davom etmoqda. Mutasaddilar ta’mirlash ishlari 1-noyabrgacha yakunga yetkazilishini ma’lum qildi. Misol uchun, “Jomboy Lolazor kommunal servis” uy-joy mulkdorlari shirkati tasarrufidagi 6-uyning  tom qismi to‘liq profnastil bilan qoplangan (o‘tgan yilgi eng xarob uylardan biri), fasad qismi, yo‘laklar ham ta’mirlangan. Ammo uning yonginasidagi 7-uyda bu ishlar hali davom etmoqda.

“Jomboy shodlik kommunal servis” shirkatida 5 ta ko‘p qavatli uy bor. Ikkitasining tom qismi mukammal, barchasining fasad va kirish yo‘laklari kapital ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib buning uchun 369 million so‘mlik bank krediti sarflangan. Uylarning old qismida salkam 1500 kvadrat metr joy beton bilan qoplangan. Shuningdek, “Ishonchli xizmat” shirkati hududidagi yana bir ko‘p qavatli uyning ham tom qismi mukammal ta’mirlangan.

Umuman, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘p qavatli uylarning tom, fasad, yerto‘la, kirish yo‘laklari, old yo‘laklarini ta’mirlash kabi ishlarga 963 million so‘m mablag‘ sarflangan. Aholining bu yil yog‘in-sochinli kunlarda uyiga chakka o‘tishidan xavotiri yo‘q.

– Tez fursatda uyimizda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, — deydi 6-ko‘p qavatli uyda yashovchi Gulchehra Abdusamatova. – Eng avvalo, uylarda ichimlik suvi bor. Oldin bundan azob chekardik. Ikkinchidan, uylar oldidagi noqonuniy qurilmalar olib tashlandi. Tomdan suv o‘tmaydigan bo‘ldi. Uy hovlisiga beton yotqizildi. Tungi chiroqlar ham o‘rnatildi, xursandmiz. Ammo hali hamon kanalizatsiya muammosiga yechim bo‘larmikan deb kutib turibmiz.

Jomboyda hamon yerto‘lasidagi barcha eshiklari-yu tuynuklari beton bilan yopib tashlangan, umuman havo kirmaydigan ko‘p qavatli uylar bor. Misol uchun, Guliston mahallasida joylashgan ikki qavatli 5-uyning yerto‘lasi – kanalizatsiya qudug‘i. Bir qator uylarda bundan 15 yil oldin muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari ishdan chiqqach, yerto‘la chiqindiga to‘la boshlagan, yillar davomida murojaatlar hech qanday natija bermagach, aholi shunchaki yerto‘lani havo chiqmaydigan qilib yopib tashlagan.

– Bu haqda matbuotda bong urilgandan so‘ng, juda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi ,– deydi tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Mahmud Abdurahimov.

– Guliston mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 4 ta uy uchun  kanalizatsiya qudug‘i qurib bitkazildi. Uylardan quvurlar ham tortib kelindi. Hozir foydalanishga topshirish arafasidamiz. Eng muhimi, tumandagi kanalizatsiya muammosini bartaraf etish, barcha uylardagi tarmoqlarni yangilash uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Tuman markazida butunlay shu muammoga barham berish uchun 3 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i qurish rejalashtirilgan bo‘lsa, 2 kilometri tortib bo‘lindi. Aholini uzoq vaqt qiynab kelgan bu muammo shubhasiz bu yil hal etiladi.

“Xullas, mazkur muammo yechimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni albatta qadrlaymiz. Hozircha esa, tahririyatni ham, aholini ham so‘nggi savol javobi qiziqtirib turibdi: qachon uylar kanalizatsiyaga ulanadi?” — deya maqolaga xulosa yasaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют