» » “Bunyodkor”ning Chempionlar ligasidagi golsiz seriyasi salkam 400 daqiqaga yetdi

“Bunyodkor”ning Chempionlar ligasidagi golsiz seriyasi salkam 400 daqiqaga yetdi


Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasida salkam 400 daqiqadan buyon gol urmaydi. “Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, “qaldirg‘ochlar”ning golsiz seriyasi 4 ta o‘yinga yetgan.

2017-yil hisobidan “Bunyodkor” 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qatarda “Al-Jaish”ga asosiy vaqtda ham, penaltilar seriyasida ham gol ura olmadi. Keyin guruh bosqichining ilk turini Saudiyada o‘tkazib, “Al-Ahli”dan 0:2 hisobida yengildi.

“Bunyodkor” 2016-yilgi mavsumning so‘nggi ikki turini ham golsiz o‘tkazgan. Qatarning “Lahviya” jamoasi bilan ketma-ket ikki bor to‘qnash kelgan Sergey Lushchan shogirdlari o‘yinlarning birida 0:0 hisobida durang o‘ynagan, ikkinchisida 0:2 hisobida yengilgan.

Toshkent klubi Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinni 28-fevral kuni o‘z maydonida Amirliklarning “Al-Ayn” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют