» » Toshkent tumanidagi “beshik to‘yi”da 18 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi

Toshkent tumanidagi “beshik to‘yi”da 18 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi


Joriy yil 4-oktabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumani, Oltintepa mahallasi Ko‘ksaroy-4 ko‘chasi 26-uyda istiqomat qiluvchi Mavlonxodjayev Inog‘omxo‘ja xonadonida bo‘lib o‘tgan “beshik to‘yi” marosimida 30 nafarga yaqin mehmonlar ishtirok etishgan. Ushbu tadbirda ishtirok etganlardan 2 nafari 5-oktabr kuni soat 19:30 da va 16 nafari 6-oktabr kuni soat 11:00 dan 22:30 ga qadar bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ich ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi kasallik belgilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya mikrobiologiya yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mehmonlar uchun olivye, funchoza (pentuza) salatlari, manpar, gril, somsa taomlari, tort, tarvuz tortiq qilingan. Shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng, ularga “O‘tkir diareya”, “Ovqat toksikoinfeksiyasiga gumon” birlamchi tashxislari qo‘yilgan. Shuningdek, 1 nafar bemor xomilador bo‘lganligi uchun Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonalarda bemorlardan tegishli laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinib, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, dori-darmon zahiralari yetarli. Bemorlarning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Qayd etilgan epidemik vaziyatni joyga chiqib o‘rganish, amalga oshirilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish uchun Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, Q.Boqiyev, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining malakali mutaxassislari jalb qilindi. Ular tomonidan tadbirda ishtirok etgan mehmonlar ro‘yxatini aniqlash, profilaktika maqsadida shifokor ko‘rigidan o‘tkazish hamda dasturxonga qo‘yilgan taomlar, salatlar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayerda tayyorlanganligi va kim tomonidan olib kelinganligi to‘g‘risida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xonadonda taom tayyorlash uchun ishlatilgan oziq-ovqatlar va tayyor mahsulotlar qoldig‘laridan namunalar olinib, Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga laboratoriyasiga topshirildi.

“Bunday salbiy holatlarni kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga taomlar, salatlar tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qatiyan rioya qilinishi zarurligini yana bir bor ogohlantiradi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют