» » UFC prezidenti: Habib Nurmagomedovning gonorari tekshiruv tugaguncha muzlatib qo‘yildi

UFC prezidenti: Habib Nurmagomedovning gonorari tekshiruv tugaguncha muzlatib qo‘yildi


UFC prezidenti Deyna Uayt Habib Nurmagomedova va Konor Makgregor o‘rtasidagi jangdan keyin yuzaga kelgan janjal yuzasidan Nevada sport komissiyasi tekshiruv olib borishi ma’lum qildi.

“Makgregorning gonorari ma’qullandi, Nurmagomedovning gonorari tekshiruv tugaguncha muzlatib qo‘yildi. Men Konor jamoasi jangchilaridan biri Habibni chorlaganini ko‘rdim. Habib chorlovni qabul qildi. Keyin Habib jamoasidagi ikki yigit oktagonga chiqib Konorning ortidan zarba berishdi. Ko‘rganlarimning bori shu. Nevada sport komissiyasi yuz bergan holatni tekshiradi. Konorni hech narsada ayblashmayapti. Shubha ostida Habib va uning jamoasi a’zolari. Habibning burchagidagi uch yigitni qo‘lga olishdi, ammo keyinroq qo‘yib yuborishdi. Chunki Konor Makgregor ular ustidan politsiyaga ariza yozmaslikka qaror qildi. Revansh bo‘ladimi? Komissiya qarorini kutish kerak: Habib yana viza oladimi yoki qaytib kelishga ruxsat bermasdan uni deportatsiya qilishadimi? Keyinchalik nima bo‘lishini men hozircha bilmayman. Agar Habibni uzoq muddatga chetlatishsa, biz uni sovrindan mahrum qilishga majbur bo‘lamiz. Habib qafasdan haqiqiy g‘olib bo‘lib chiqishi mumkin edi. Ammo u noto‘g‘ri ish qildi”, – dedi Uayt.

Ma’lumot uchun, Habib mazkur jang uchun 2 million dollar miqdorida gonorar olishi belgilangandi. Konor esa o‘zining 3 million dollarini muammosiz qo‘lga kiritadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan bugun tongda o‘tkazilgan jangda Habib Nurmagomedov to‘rtinchi raundda Konor Makgregorni bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi. Ammo jang tugashi bilan oktagon tashqarisida va oktagon ichida janjal yuzaga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют