» » MIB Toshkentda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 66 mln so‘mdan ortiq zarar keltirgan shaxsni aniqladi

MIB Toshkentda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib 66 mln so‘mdan ortiq zarar keltirgan shaxsni aniqladi


Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda suv iste‘moli sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyadan foydalanishining qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda MIB tuman bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.

Tumandagi Valijon Jumayev 7-tor ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Q. xonadoniga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta‘sir ko‘rsatilib, fuqaro B.Q. tomonidan hisoblagichni ko‘rsatgichini o‘zgartirganligi natijasida davlat manfaatlariga 66.865.583 so‘m zarar ko‘rsatilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumanidagi Valijon Jumayev 7-tor ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 84-moddasi

1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib jinoyat ishi rad qilingan.

B.Q. tomonidan etkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanishi ta‘minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют