» » “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis “Navbahor”ga bosh murabbiy bo‘ldi

“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis “Navbahor”ga bosh murabbiy bo‘ldi


Bugun, 7-oktabr sanasida Namanganda viloyatning bosh futbol jamoasi “Navbahor” klubi tizimida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Biroz avval o‘zgarishlarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirda jamoaning yangi PR-direktori ommaga tanishtirilgani, unga ko‘ra, “Navbahor”da endilikda ushbu lavozimda aktyor hamda futbol sharhlovchisi Alisher Uzoqov faoliyat olib borishi haqida xabar berilgandi.

Endi esa klub jamoaning yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirdi. “Navbahor” jamoasini endilikda “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis boshqaradi. Kanchelskis Ilhom Mo‘minjonov o‘rniga bosh murabbiy bo‘ldi. Mo‘minjonovning ist’efosi yoki boshqa lavozimga o‘tkazilgani haqida xabar berilmagan.

“Navbahor”ning yangi bosh murabbiyi haqida ma’lumotlar:

Andrey Antanasovich Kanchelskis

Tug‘ilgan sanasi: 1969-yil 23-yanvar

Tug‘ilgan joyi: Kirovograd, Ukraina

Fuqaroligi: Rossiya

Futbolchilikdagi faoliyati: yarim himoyachi

O‘ynagan jamoalari: “Zvezda”, “Dinamo Kiyev”, “Shaxtyor”, “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Fiorentina”, “Reynjers”, “Manchester Siti”, “Sauthempton”, “Al-Hilol”, “Saturn”, “Krilya Sovetov”

Boshqargan jamoalari: “Torpedo-Zil”, “Ufa”, “Volga”, “Yurmala”, “Solyaris”.

Yutuqlari: Sobiq Ittifoq chempionati bronza medali (1989), Sobiq Ittifoq Kubogi (1990), Yevropa Superkubogi (1991), Angliya chempioni (1993, 1994), Angliya kubogi (1994), Angliya liga kubogi (1992), Angliya Superkubogi (1993, 1994), Shotlandiya chempioni (1999, 2000), Shotlandiya kubogi (1999, 2000, 2002), Shotlandiya liga kubogi (1999, 2002), Saudiya Arabistoni kubogi (2003), Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi (1990).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют