» » Janubiy Koreyadagi Inha universiteti mutaxassislari IUT o‘quv jarayonini tahlil etish uchun Toshkentga keldi

Janubiy Koreyadagi Inha universiteti mutaxassislari IUT o‘quv jarayonini tahlil etish uchun Toshkentga keldi


Janubiy Koreyadagi Inha universiteti mutaxassislari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) o‘quv jarayonini o‘rganib, tahlil qilish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda IUT matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Delegatsiya tarkibidan Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta’lim bo‘yicha qo‘mita vakillari o‘rin oldi.

IUTga tashrif davomida koreyalik mutaxassislar Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilgan o‘quv jarayonini o‘rgandi. Qo‘mita vakillari IUT o‘quv standartlarini yuqori baholadi hamda o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Janubiy Koreyadagi Inha universiteti bilan bir yilda kamida bir marotaba IUTda berilayotgan ta’lim sifatini nazorat qilishlari uchun tashrif buyurishlari bo‘yicha kelishib oldik.

Sarvar Boboxo‘jayev, IUT rektori

Mazkur tashrif doirasida  Janubiy Koreyadagi Inha universiteti delegatsiyasi o‘quv jarayonida foydalanish uchun 100 xil nomdagi o‘quv adabiyoti va laboratoriya uskunalarini topshirdi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyaning Inha universiteti talabalari Toshkentdagi Inhaga tashrif buyurdi

Опубликовано: admin (23-02-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют