» » Grozniyda lezginka ijro etgan Timati va uning qallig‘i ijtimoiy tarmoqlarda masxara qilindi (video)

Grozniyda lezginka ijro etgan Timati va uning qallig‘i ijtimoiy tarmoqlarda masxara qilindi (video)


Internetda Timati va uning qallig‘i Anastasiya Reshetova Grozniydagi banketda lezginka ijro etayotgani videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarga ko‘ra, juftlik Ramzan Qodirovga yoqishga urinib, o‘zini sharmanda qildi.

Hammadan ko‘proq ikkiyuzlamachilikda ayblangan Reshetova tanqidga uchradi. Blogerlar qizning kamtarona liboslari va Grozniyda o‘zini sipo tutishini Anastasiyaning Chechenistondan tashqaridagi ochiq-oshkor fotolari bilan taqqosladi.

Timati va qallig‘ining lezginka raqsi esa nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki banket zalining o‘zida ham ayrimlarga yoqmaganini payqash qiyin emasdi.

Juftlik bilan bog‘liq ovozalar shu bilan tugagani yo‘q: Timati banketdan so‘ng go‘yo to‘yini Chechenistonda o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qilgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют