» » “Samarqand Darvoza” yaqinida yana bir ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi

“Samarqand Darvoza” yaqinida yana bir ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi


Toshkentdagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markaz — “Samarqand Darvoza” yaqinida yana bir ko‘p qavatli avtomobillar to‘xtash joyi quriladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Savdo-ko‘ngilochar markazini qurishda biz tashrifchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida avtoturargoh barpo etish masalasini ko‘rib chiqqanmiz. Ko‘p qavatli turargohlarni loyihalashtirish va qurish qunt talab qiladigan va sermashaqqat ish bo‘lgani uchun, biz ushbu sohadagi so‘nggi yutuqlarni qo‘llashga harakat qildik”, — dedi markaz direktori Bobir Yoqubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, quruvchilar mavjud yerdan oqilona foydalandi. Masalan, 600 ta avtomobilni sig‘dirish uchun kamida 21 ming kvadrat metr hudud talab etiladi. Olti qavatli turargoh esa 3 ming kvadrat metr joyni egallaydi.

Bundan tashqari, qurilishda monolit texnologiya qo‘llanildi, bu konstruksiyaning mustahkamligini oshiradi va 9—10 ballgacha zilzilaga bardosh berish imkonini beradi.

Qo‘shimcha qulayliklar sifatida mototsikl va velosipedlar uchun joylar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, birinchi qavatda avtomobillarni yuvish shoxobchasi bo‘ladi.

Bobir Yoqubovning aytishicha, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, avtoturargoh 2020-yilda foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют