» » Biz noto‘g‘ri qo‘llaydigan mahsulotlar

Biz noto‘g‘ri qo‘llaydigan mahsulotlar


Oshxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarini qanchalik e’tiborsizlik bilan ishlatayotganligini hech kim o‘ylab ham o‘tirmasligi turgan gap. Quyida ko‘rsatilgan tayyorlash usullarini yaxshilab o‘qing va qanday qilib oddiy mahsulotlardan ko‘proq foyda olishni bilib oling.

To‘g‘ralgan yoki qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi qizdirib ishlov berishda masalan, qaynatishda o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Yuvib archilgan sabzini to‘g‘ramasdan butunligicha qaynab turgan suvga soling.

Choyni me’yorida ichish yurak-tomir kasalliklarining oldini olishi to‘g‘risida ko‘p eshitganmiz. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, sut bilan birga qo‘shib ichilganda uning bu xususiyati yo‘qolar ekan.

Sarimsoqni kesmasdan ezib ishlatilganda foydali xususiyatlari ko‘proq saqlanib qoladi. Sarimsoq ezilgandan so‘ng 10 daqiqa davomida kallitsin moddasiga to‘yinganidan keyin ishlatsangiz bo‘ladi.

“Yog‘sizlantirilgan” so‘zi har doim ham “foydali” degani emas. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, salatlarga qo‘shiladigan yog‘li souslar semirib ketish xavfini kamaytiradi va salat tarkibidagi qator foydali moddalarning ta’sirini kuchaytiradi.

Juda pishib ketgan mevalarda xlorofill moddalari parchalanib ketishi antioksidantlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ba’zida mevalarni yashil holida ham iste’mol qilib turish juda foydali.

Xantalga zarchiva (kurkuma) ildizidan bir nechta kimyoviy reaksiyalar yordamida olinadigan tabiiy bo‘yoq – kurkumin qo‘shiladi. Kurkumin bo‘yashdan tashqari, saraton kasalligining ba’zi turlarining oldini olish xususiyatiga ham egadir.

Manba: “Steaklovers.menu”

Опубликовано: admin (23-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют