» » Ukraina xavfsizlik xizmati “Vagner” kompaniyasi tarkibida Suriyada jang qilgan o‘zbekistonlikning shaxsini ma’lum qildi

Ukraina xavfsizlik xizmati “Vagner” kompaniyasi tarkibida Suriyada jang qilgan o‘zbekistonlikning shaxsini ma’lum qildi


Ukraina xavfsizlik xizmati “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida jang qilgan o‘zbekistonlikning shaxsini ma’lum qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Xizmat vakillarining ta’kidlashicha, u 1988-yilda Namanganda tug‘ilgan Dilshod Mamajanovdir.

“Operativ ma’lumotlarga ko‘ra, u og‘ir yaralangan va Rossiya harbiy samolyotida 2018-yil fevralida Suriyadan Rossiyaga olib ketilgan. Mavjud hujjatlar (pasportning barcha sahifalari nusxasi) mazkur shaxs Suriyaga 2017-yil avgustida Rostov-Dondan, ’Vagner’ning navbatdagi maxfiy harbiy kontingenti tarkibida yuborilganidan dalolat bermoqda”, — deyiladi UXX xabarida.

Ukraina maxsus xizmati xodimlari pasportda Suriya hududida chegara nazoratidan o‘tilgani haqida belgilar mavjud emasligini qayd etmoqda.

Ma’lumot uchun, “Vagner” kompaniyasi o‘zining rahbari, iste’fodagi podpolkovnik Dmitriy Utkinning laqabi bilan nomlangan norasmiy harbiy tashkilot bo‘lib, undagi yollanma jangchilar soni 2,5 ming kishiga yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют