» » Nurmagomedovning otasi: “Habibga jangdan keyingi janjali uchun unga o‘z sanksiyalarimni beraman”

Nurmagomedovning otasi: “Habibga jangdan keyingi janjali uchun unga o‘z sanksiyalarimni beraman”


UFC’ning rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining Konor Makgregorga qarshi jangdan keyingi janjaliga munosabat bildirdi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi.

“Men UFC’nikidan ham og‘irroq sanksiyalarimni Habibga nisbatan qo‘llashga majburman. Tartib va intizom birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak”,—deydi Habibning otasi.

Ma’lumot uchun, kecha jang tugagach Habib Nurmagomedov raqibining jamoasi bilan oktagon tashqarisida janjallashib ketdi. Bu vaqtda esa Habibning jamoadoshlari Konorga hujum qildi. Janjal avj olib ketmasligi uchun tashkilotchilar ikkala sportchini ham tribuna ostiga olib o‘tib ketishdi.

Sportchilarni olib chiqib ketishda mazkur jang oqshomida ishtirok etmagan sportchilar ham yordam ko‘rsatishdi. UFC rahbari Deyna Uayt esa Makrgregor jamoasini ogohlantirdi. Uning qarori bilan sportchilar ishtirokisiz va kamarni tantanali topshirishsiz g‘olib nomi e’lon qilindi. Shuningdek, sportchilar oktagonda intervyu ham bera olmadi.

Habib Konor bilan jang uchun 2 million dollar miqdorida gonorar olishi belgilangandi. Ammo jangdan yuzaga kelgan janjal tekshiruvi tugaguncha unga gonorar berilmaydigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют