» » Birinchi O‘zbekiston—Rossiya media forumi yakuniga yetdi

Birinchi O‘zbekiston—Rossiya media forumi yakuniga yetdi


Joriy yilning 4—6-oktabr kunlari Toshkentda ilk bor O‘zbekiston—Rossiya media forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Media sohasida yirik voqea hisoblangan ushbu tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi davlat va nodavlat OAVlari, telekommunikatsiya kompaniyalari rahbarlari, jurnalistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan oliy talim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

Birinchi O‘zbekiston—Rossiya media-forumining rasmiy qismida Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov, Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi V.Tyurdenev, RF raqamli rivojlanish, aloqalar va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari A.Volin, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.Xodjayev va boshqalar so‘zga chiqdi.

Ta’kidlangandek, mazkur forum ikki mamlakat media sohasi vakillari o‘rtasidagi doimiy muloqotning boshlanish nuqtasi bo‘ldi.

Media forum kun tartibidagi ilk muhokama O‘zbekiston va Rossiyaning telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlandi. Shuningdek, ikki mamlakat tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida jamoatchilikni xabardor qilishni kengaytirish, telekommunikatsiya sohasi yangiliklari, yangi texnologiya va xizmatlar, raqamli televideniye auditoriyasi tahlillari, an’anaviy televideniyening raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Rossiyaning “SPB TV” kompaniyasi Bosh direktori Kirill Filippov o‘z chiqishida O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida mavjud muammolarning yechimiga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda internet tezligi va sifatini oshirib, shuningdek, media mahsulotlarning “qaroqchilik” yo‘llari bilan tarqatilish holatlarini bartaraf etish orqali mahalliy telekommunikatsiya bozorini rivojlantirish mumkin.

— Biz o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashdik, — dedi “NTV plyus” bosh direktori Mixail Dyomin. — Iliq va do‘stona muhitda o‘tgan muloqotdan katta qoniqish his qildim. Forumga mezbonlik qilgan Toshkent menga juda qadrdon. Ona shahrimning bugun yanada chiroy ochganidan mamnunman.

Forum doirasida O‘zbekiston va Rossiya axborot agentliklarining o‘zaro hamkorligi, kadrlar tayyorlash hamda tajriba almashish masalalari ham muhokama qilindi.

—Toshkentda o‘z muxbirimiz bor, — deydi Rossiyaning yetakchi axborot agentligi “TASS” vakili Boris Grushin. — Bundan tashqari, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari, vazirlik, idoralar saytlarini muntazam kuzatib, ularda uzatilgan axborotlar asosida auditoriyamizni mamlakat hayotiga oid voqea-hodisalar bilan tanishtirib boramiz.

Eslatib o‘tamiz, media forum O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiya, Rossiya Federatsiyasining raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют