» » Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Navoiyda AES qurilishiga tamal toshi qo‘yiladi

Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Navoiyda AES qurilishiga tamal toshi qo‘yiladi


O‘zbekistondagi ilk Atom elektr stansiyasi qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi “Daryo”ga xabar berdi.

Sentabr oyining boshida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonda Rossiya loyihasi bo‘yicha atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzolagandi. Kelishuv O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, ishga tushirish va foydalanishda hamkorlikni ko‘zda tutadi. Atom elektr stansiyasi Rossiya loyihasi bo‘yicha energetik reaktor asosidagi har birining quvvati 1,2 GVt bo‘lgan ikki energoblokdan iborat bo‘ladi.

Iyun oyida “O‘zbekenergo” vakili AES qurilishi uchun butun mamlakat bo‘ylab 10 ga yaqin maydon ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgandi. Ammo shu paytgacha AES qaysi hududda qurilishi noma’lum bo‘lib qolayotgandi.

“O‘zatom”ning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Navoiyda Atom elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 18–19-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют