» » O‘zbekistonda xotin-qizlar o‘rtasida sport haftaligi boshlandi

O‘zbekistonda xotin-qizlar o‘rtasida sport haftaligi boshlandi


Joriy yilning 8—13-oktabr qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida “Xotin-qizlar sport haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilotchilar “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan haftalik tuman (shahar) ko‘chalari, hiyobonlar, istirohat bog‘lari, ta’lim muassasalari va sport inshootlarida o‘tkaziladi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari hamda sportning futbol, basketbol, voleybol, velosport, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, gimnastika turlari bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.

Toshkentdagi asosiy sport tadbirlari “Milliy” stadioni (sobiq “Bunyodkor”)da bo‘lib o‘tadi. Unga haftalikda ishtirok etishni istagan barcha xotin-qizlar tashrif buyurib, undagi sport zallari, sport anjomlaridan foydalangan holda salomatliklarini tiklashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Sport festivalini o‘tkazishdan asosiy maqsad - “Soglom ayol — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini ilgari surish, ayollarni sog‘lom hayot kechirishga o‘rgatish, onalar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida sport uchun vaqt ajratishga undashdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют