» » Shavkat Mirziyoyev Parij shahriga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Parij shahriga yetib bordi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni davlat tashrifi bilan Fransiya poytaxti Parij shahriga yetib bordi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi. 9-oktabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boradi. Zarur kelishuvlar imzolanadi.

Ma’lumot uchun: Fransiya O‘zbekiston mustaqilligini 1992-yil 3-yanvar kuni tan olgan. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 1-mart kuni o‘rnatilgan. Toshkentda Fransiya elchixonasi faoliyat yuritadi. 1995-yildan Parijda ham O‘zbekiston elchixonasi ish boshlagan.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Fransiyaga ikki marta tashrif buyurgan: 1993 va 1996-yillarda. 1993-yil oktabrdagi tashrifda Islom Karimov Fransiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Fransua Mitteran va hukumatning boshqa a’zolari bilan uchrashgan.

1994-yil aprel oyida Fransua Mitteran O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan. Shuningdek, u Samarqand va Xiva shaharlariga ham borgan. O‘sha tashrif chog‘ida Toshkent—Parij aviayo‘nalishini ochish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

1996-yil aprelda esa Islom Karimov rasmiy tashrif bilan yana ushbu davlatga borgan va prezident Jak Shirak bilan uchrashgan. Bundan tashqari, UNЕSCO ijro kengashi sessiyasida va Parijda o‘tgan O‘zbekiston haftaligida ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 17) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют