» » Fransiya O‘zbekistonga koinot sohasidagi salohiyatini tiklashda yordam berishi mumkin

Fransiya O‘zbekistonga koinot sohasidagi salohiyatini tiklashda yordam berishi mumkin


Fransiya O‘zbekistonga sun’iy yo‘ldosh sotsa, Arianespace orqali uni koinotga uchiruvchi joyni ham taklif qilishi mumkin. Bu haqda Yevropa istiqbol va xavfsizlik tadqiqotlari instituti prezidenti Emmanuel Dyupyui “Turon 24” muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.

“Mamlakatingiz 25 yil avval, mustaqillikdan ikki yil o‘tib tashlab qo‘yilgan koinot sohasidagi salohiyatini qayta tiklashga qaror qilgan. Siz bu sohada boshqa bir qator mamlakatlar kabi faoliyat olib bormoqchisiz. Buni Qozog‘istonga solishtirish mumkin. Bu biz uchun juda muhim, chunki bir nechta fransuz kompaniyalari, xususan, Fransiya—Italiya qo‘shma korxonasi Thales Alenia Space qo‘shningiz Turkmanistonga 2011-yilda sun’iy yo‘ldosh sotgan edi. O‘zbekiston ham o‘z telekommunikatsiya sohasi uchun sun’iy yo‘ldosh qurish imkoniyatlarini taklif qilishimizni so‘rab murojaat qilgan”, deydi YEIXTI prezidenti.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, odatda sun’iy yo‘ldosh sotilganda, uni uchirish ham Arianespace orqali taklif qilinadi. Lekin yo‘ldosh Rossiya tomonidan taklif etiladigan shartlar bo‘yicha Boyqo‘ng‘ir orqali ham uchirilishi mumkin.

“Biroq sun’iy yo‘ldosh bilan uni koinotga uchiruvchi joyni ham taklif qilishimiz mumkin. Xuddi shunday taklifni biz 2011-yilda Ashxobodga bergan edik”, deydi Dyupyui.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют