» » O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


2—8-oktabr kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston — Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston — Turkmaniston davlat chegarasining alohida uchastkalarida oldinroq o‘tkazilgan qo‘shma dala topografo-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, keyingi dala ishlarini o‘tkazish muddatlari kelishildi.

Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют