» » Infolib Uzbekistan haftaligiga tayyorgarlik boshlandi

Infolib Uzbekistan haftaligiga tayyorgarlik boshlandi


5-oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.

Unda Respublika metodik kengashi a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ul vakillari, Milliy kutubxona xizmatlari, Respublika yig‘ma elektron katalog markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5527-son qarori to‘g‘risida, O‘zbekiston kutubxonalari assotsiatsiyasini tashkil qilish, Infolib Uzbekistan VII Milliy axborot-kutubxona haftaligiga tayyorgarlik ko‘rish, “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi — 2018” kasbiy tanlovining respublika bosqichini o‘tkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishning borishi hamda “Mualliflik jadvali”ni nashrga tayyorlash va chop etish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют