» » Shavkat Mirziyoyev YuNЕSKO bosh direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev YuNЕSKO bosh direktori bilan uchrashdi


8-oktbar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YuNЕSKOning Parijdagi shtab-kvartirasida tashkilot bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev uning Fransiyaga tashrifi YuNЕSKOdagi bilan uchrashuvdan boshlangani katta ramziy ma’noga ekanligini, bu O‘zbekistonning tashkilot bilan aloqalari rivojlanib borayotganidan dalolat berishini ta’kidlab o‘tdi.

Odri Azule O‘zbekiston rahbarini qutlab, o‘zaro aloqalar YuNЕSKO uchun juda muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

YuNЕSKO bosh direktori O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini saqlash bo‘yicha ishlarini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule 2021-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi. Ushbu hujjat O‘zbekiston va YuNЕSKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev YuNЕSKO faxriy mehmonlari kitobida o‘z imzosini qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют