» » O‘zbek noshirlari Frankfurt kitob ko‘rgazmasida qatnashish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi

O‘zbek noshirlari Frankfurt kitob ko‘rgazmasida qatnashish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi


Bugun, 8-oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda agentlik tizimidagi nashriyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat o‘zbek delegatsiyasi 10—14-oktabr kunlari Frankfurt shahrida bo‘lib o‘tadigan yirik kitob ko‘rgazmasida qatnashish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

Frankfurter Buchmesse, ya’ni Frankfurt kitob ko‘rgazmasi — dunyodagi eng katta kitob ko‘rgazmasi. Ushbu ko‘rgazma har yili Frankfurtda oktabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi.

Bu yerda kitob olamidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishish, noshirlik bozorining yo‘nalishlarini o‘rganish mumkin.

Frankfurt kitob yarmarkasi mutaxassislar anjumanidir. Mutaxassislar bu yerga boshqa qit’adagi kitob mahsulotlari tarqatuvchilari bilan aloqa o‘rnatish, mashhur matnlarni nashr etish huquqini olish, tipografiya yangiliklari bilan tanishish uchun keladi. Ko‘rgazmada kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa bosma va davriy nashrlar, atlaslar va xaritalar, elektron axborot vositalari, taqvimlar, komikslar, san’at vositalari taqdim etiladi, kutubxonachilik ishi yoritiladi.

Frankfurt ko‘rgazmasida noshirlar, agentlar, sotuvchilar, yozuvchilar, tarjimonlar, rassomlar, illyustratorlar, kutubxona vakillari, institutlar va boshqa mutaxassislarni uchratish mumkin. Ko‘rgazma bilan bir qatorda Frankfurter Buchmesse doirasida seminarlar, davra suhbatlari, konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mamlakatlardan biri hurmatli mehmon sifatida ishtirok etadi. 2009-yilda Xitoy, 2010-yilda Argentina, 2011-yilda Islandiya, 2012-yilda Yangi Zelandiya, 2013-yilda Braziliya, 2016-yilda Turkiya, 2017-yilda esa Fransiya mamlakati hurmatli mehmon bo‘lgan edi. 2018-yil Frankfurt kitob ko‘rgazmasining hurmatli mehmon mamlakati — Gruziya bo‘lishi kutilmoqda.

2011-yil yarmarkada 106 mamlakatdan 7 384 ishtirokchi va 280 194 nafar mehmon tashrif buyurgan bo‘lsa, 2012-yilda 281 753 kishi qatnashgan. 2013-yilda esa 276 ming nafar mehmon ro‘yxatdan o‘tgan.

Frankfurt kitob ko‘rgazmasining tarixi 500 yildan ziyod vaqtni tashkil etadi va uning asoschisi sifatida Frankfurt yonidagi Maynsda yashab o‘tgan birinchi kitob noshiri Iogann Guttenberg e’tirof etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют