» » Yaponiyadagi hayvonot bog‘ida geni begona bo‘lgani uchun 57 ta makaka o‘ldirildi

Yaponiyadagi hayvonot bog‘ida geni begona bo‘lgani uchun 57 ta makaka o‘ldirildi


Yaponiyaning Tiba prefekturasidagi Futssu hayvonot bog‘ida 57 ta qor makakasi ularda begona gen topilgani uchun inyeksiya orqali uxlatish yo‘li bilan o‘ldirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Hayvonot bog‘i vakillarining so‘zlariga ko‘ra, maymunlarning DNK tahlilini o‘rganish vaqtida qor makakalari Yaponiyada taqiqlangan rezus makakalar bilan juftlangani ma’lum bo‘ldi.

Mahalliy mansabdorlar va Yaponiya atrof-muhit vazirligi tizimiga kiruvchi begona turga mansub hayvonlar boshqarmasi xodimining ta’kidlashicha, ushbu maymunlarning o‘ldirilishi qor makakalarining tabiiy muhitda yashashini saqlab qolishga xizmat qiladi. Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF)ning Yaponiyadagi bo‘limi vakili Dzukniti Mima ham huddi shunday fikrda ekani ta’kidlanmoqda.

Qayd etish kerakki, qo‘shni buddaviylik ibodatxonasida o‘ldirilgan maymunlar ruhi xotirlandi.

Ko‘proq qor makakasi nomi bilan mashhur yapon makakasi mamlakat orollarida yashaydi va ko‘p sonli sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Mamlakatda begona turga mansub hayvonlarni olib kirish, juftlatish va boqish qonun bilan ta’qib qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют