» » Sirdaryoda paxta hosilini sotib yuborgan fermerga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryoda paxta hosilini sotib yuborgan fermerga jinoyat ishi ochildi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi departamentining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “A.A” fermer xo‘jaligiga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tekshiruvda mazkur  fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalar fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6 gektar yerdagi ochilgan paxta hosilini terib olib, paxta tolasini chigitdan ajratib, tayyor bo‘lgan xomashyoni fuqaro M.A va boshqalarga 13,8 million so‘mga sotib yuborib, davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “A.A”  fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют