» » Abdulaziz Komilov Instagram’ga shaxsiy arxividan afg‘onistonlik muxolifatchi Gulbiddin Hikmatyor va “Tolibon” vakili Mulla Mutavakil bilan suratlarini joyladi (foto)

Abdulaziz Komilov Instagram’ga shaxsiy arxividan afg‘onistonlik muxolifatchi Gulbiddin Hikmatyor va “Tolibon” vakili Mulla Mutavakil bilan suratlarini joyladi (foto)


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Instagram’dagi sahifasiga afg‘onistonlik muxolifatchi siyosatchi Gulbiddin Hikmatyor bilan 2018-yil iyulida Kobulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi suratini joyladi.

“19 yildan so‘ng. Sobiq dala qo‘mondoni, Afg‘oniston bosh vaziri (1993—1994-yillar, 1996-yil) Gulbiddin Hikmatyor bilan. 2018-yil iyul. Shaxsiy arxivdan”, — deyiladi surat izohida.

Abdulaziz Komilov, shuningdek,“ Tolibon” tashqi ishlar vaziri Mulla Mutavakil bilan tushgan, shaxsiy arxivdagi surati bilan ham bo‘lishdi.

“Afg‘oniston: tinchlik sari mashaqqatli yo‘l. ‘Tolibon’ harakati rahbari Mulla Umarning tashqi ishlar vaziri Mulla Mutavakil bilan. Qandahor, 1999-yil. Shaxsiy arxivdan”, — deya uni izohladi.

Abdulaziz Komilovning ushbu suratlari O‘zbekiston yillar davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha harakatda ekanligining yana bir dalilidir.

Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Afg‘oniston bilan hamkorlikda joriy yilning 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi o‘tkazilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют