» » Rossiya OTMlarida o‘qish uchun eng ko‘p arizalar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan berilgan

Rossiya OTMlarida o‘qish uchun eng ko‘p arizalar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan berilgan


2018/2019-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladigan davrda Rossiya OTMlarida o‘qish uchun eng ko‘p arizalar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan berilgan, deb yozadi RT. 7225 nafar o‘zbekistonlik Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun hujjat topshirgan.

Berilgan arizalar soni bo‘yicha Tojikiston fuqarolari ikkinchi o‘rinda joylashdi — 6263 kishi. Undan keyinda — afg‘onistonliklar (5134 kishi).

Rossiyada o‘qish uchun hujjat topshirganlar soni bo‘yicha yetakchi mamlakatlar beshligiga Qozog‘iston (3763) va Jazoir (2737) ham kirdi.

2018/2019-o‘quv yili uchun OTMlarga o‘qishga kirish kampaniyasi chog‘ida jami 88 906 nafar chet ellik ariza topshirgan.

Rossiya hukumati bu yil OTMlarda 15 ming xorijlikka bepul ta’lim uchun joy ajratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют