» » “Toshkent-Aero” xodimlari Istanbulga ugra qadoqlari ichida olib ketilayotgan sigaretlarni aniqladi

“Toshkent-Aero” xodimlari Istanbulga ugra qadoqlari ichida olib ketilayotgan sigaretlarni aniqladi


Bojxonachilar “Toshkent—Istanbul” reysi bo‘yicha parvozga otlangan Sh. Karimova va uning qizi Sh. Fazliddinova tomonidan 787 quti sigaretlarning noqonuniy ravishda olib chiqishga urinishlarini fosh qildi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK axborot xizmati ma’lum qildi.

Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida uddaburon qonunbuzarlar sigaretlarni “Xot lanch” yarim tayyor ugra qadoqlari ichiga yashirgan. Shuningdek, qishki kiyimlarning ichki qismiga tikilgan yashirin cho‘ntaklarga ham sigaretlar joylab chiqilgan.

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan, xorijda pullash uchun ko‘zlangan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 4 million so‘mdan oshadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2016-yilda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan aniqlangan 100 ta bojxona qoidabuzarligi natijasida qiymati 234 million so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют