» » “Hidoya” madrasasi faxriy imomi Abdulatifxon maxdum vafot etdi

“Hidoya” madrasasi faxriy imomi Abdulatifxon maxdum vafot etdi


“Hilol-nashr” nashriyot-matbaasi hamda Islom.uz portali tahririyati jamoasi Abdulatifxon maxdum domlaning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor qiladi. Marhumning barcha oila a’zolariga, qarindoshlari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiradi, deya Islom.uz Telegram kanali xabar berdi.

Abdulatifxon domla 1930-yilda Namangan shahrida tavallud topdgan. 1952-yilda Mir Arab madrasasiga o‘qishga kirgan. So‘ngra Toshkentdagi Baroqxon madrasasida to‘rt yil ta’lim olgan. Bu davr mobaynida, tafsir va fiqhni chuqur o‘rgangan. Madrasani tugallagach, Mir Arab madrasasida arab tilidan saboq bergan. 1960—1962-yillarda Suriya Davlat universitetining shariat fakultetida Shayx Muhammad Amin Misriy, Shayx Mustafo Ahmad Zarqo, Hishom Burhoniy kabi islom olamining taniqli olimlaridan tahsil olgan. 1963—1968-yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida mudarris va ilmiy mudir vazifasida faoliyat yuritgan. 1968—1972-yillarda esa madrasa mudiri bo‘lgan.

Abdulatifxon domla 1973-yilda Namanganga qaytib Shayx Eshon jome masjidida (1977–1980), keyinchalik Maxmud Eshon masjidida imom-xatib bo‘ldi. 1991-yilda Namanganda “Mulla Qirg‘iz” (hozirgi “Hidoya”) madrasasi ochilganidan keyin, ko‘p yillar ushbu dargohda tafsir ilmidan dars bergan.

Abdulatifxon domla din, xalq uchun ko‘plab shogirdlar tayyorlab, tarbiya qilgan.

Abdulatifxon maxdum nafaqadagi, faxriy imom edi.

“Janoza peshin namozidan so‘ng Namangan shahridagi Mulla Eshon jome masjidida bo‘lib o‘tadi. Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un”— deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют