» » Rossiya Suriyaga S-300 zenitli raketa majmualarini bepul yetkazib berdi

Rossiya Suriyaga S-300 zenitli raketa majmualarini bepul yetkazib berdi


Rossiya Suriyaga S-300PM zenitli raketa majmualarini bepul yetkazib berdi. Bu haqda “TASS” harbiy-diplomatik manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 1-oktabr kuni Suriyaga har biri sakkizta pusk qurilmalaridan iborat uchta S-300PM divizionlarini yetkazib berish yakunlangan. Texnika bungacha Rossiya havo-kosmik kuchlari ixtiyorida bo‘lgan, u Rossiya mudofaa korxonalarida kapital ta’mirlanib, to‘liq soz holatga keltirilgan va jangovar topshiriqlarni bajarishga qodir.

S-300PM Suriya tomoniga bepul berilgan. Shuningdek, har bitta divizion uchun 100 dan ortiq zenitli boshqariluvchi raketalardan iborat jangovar to‘plam ham yetkazilgan.

2-oktabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyaga S-300 raketa majmualarini yetkazish yakunlanganini ma’lum qilgan edi. Uch oy davomida suriyalik harbiylarga tizimdan foydalanish o‘rgatiladi. Kreml qurol-yarog‘lar qanday shartlar asosida yetkazib berilganini oshkor etishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Latakiyada urib tushirilgan Il-20 ga javob chorasi sifatida suriyalik harbiylarga S-300 zenit-raketali majmuani yetkazib berishini e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют