» » Samarqand shahrining ayrim hududlaridagi gaz tarmog‘ida kamchiliklar aniqlandi

Samarqand shahrining ayrim hududlaridagi gaz tarmog‘ida kamchiliklar aniqlandi


Joriy yilning 12-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2018/2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilgan. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.

“O‘rganishlar davomida Samarqand shahrining ayrim hududlarida bu ishda qator kamchiliklar mavjudligi oydinlashdi. Jumladan, gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha shaharning Beruniy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan 0,9 kilometr uzunlikdagi o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini mukammal ta’mirlash ishlari joriy yilning 2—3-choraklarida yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, bu ishlarni bajarishga haligacha kirishilmagan. Dahbed ko‘chasidan Siyob bozori hududigacha bo‘lgan 0,3 kilometr uzunlikdagi o‘rta bosimli yerosti gaz quvurini mukammal ta’mirlash ishlari iyun oyida yakunlanishi belgilangani holda ta’mirlash ishlarini issiq-iliq kunlarda bajarishga kirishish gazchilarning xayol ko‘chasidan ham o‘tgani yo‘q”,—deyiladi xabarda.

“Gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha belgilangan ishlar haqida ham shunday xulosaga kelish mumkin. Shaharning Muqimiy ko‘chasidan Nodir Devonbegi ko‘chasigacha 0,3 kilometr uzunlikdagi, Muliyon-1 mahallasidan Termiz ko‘chasigacha 0,4 kilometr uzunlikdagi, Bog‘i Mirzo mahallasidan Termiz ko‘chasigacha bo‘lgan 1,5 kilometr uzunlikdagi o‘rta bosimli yerosti gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari, mana, qish ostona hatlayotgan bo‘lsa-da, umuman boshlanmagan. Axir ushbu gaz quvurlaridan qancha aholi, ijtimoiy soha obyektlari foydalanadi. Qishning qirovli kunlarida bu gaz quvurlarida nosozlik sezilsa, avvalo, aholi sovuqda gazsiz qoladi, qolaversa, uni ta’mirlash gaz xodimlari uchun ikki hissa qiyinchilik keltirib chiqaradi”, — deydi “O‘zdavneftgazinspeksiya” viloyat bo‘limi bosh texnologi.

Xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta’minlashda gaz taqsimlash qutilarining o‘rni katta. Shu bois ularni mavsum oldidan to‘liq nazoratdan o‘tkazish shart. Ammo bugungi kungacha shahardagi profilaktikadan o‘tkazilishi belgilangan 2161 dona gaz taqsimlash qutisining 351 tasida bu ishlar bajarilmagan. Nazorat va tekshirishdan o‘tkazilgan gaz taqsimlash qutilarining ayrimlarida esa eshiklar nosoz, qulf qo‘yilmagan, gaz bosimini o‘lchash manometrlari yo‘q, profilaktika ishlari qoniqarsiz bajarilgan”, —deydi Ikrom Maxsumov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют