» » Qozog‘istonda yiliga 7000 ta Ravon Nexia yig‘iladi. Keyinroq uning yoniga Spark ham qo‘shilishi mumkin

Qozog‘istonda yiliga 7000 ta Ravon Nexia yig‘iladi. Keyinroq uning yoniga Spark ham qo‘shilishi mumkin


Qozog‘istonning “SariArkaAvtoProm” (Kostanay) kompaniyasi mart oyining oxiridan GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi.

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 16-majlisi doirasida “SariArkaAvtoProm”ni ham o‘z ichiga olgan Allur Group direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentyev ma’lum qildi.

“Hamma sinovlar o‘tkazib bo‘lindi, endi GM Korea tomonidan loyiha bo‘yicha litsenzion bitim imzolanishini kutyapmiz, 22-martga borib ishlab chiqarishga shay holatda bo‘lamiz”, — deydi Andrey Lavrentyev.

Uning ta’kidlashicha, 2016-yilning oxirida “SariArkaAvtoProm” hamda GM Uzbekistan kompaniyalari Asakadagi zavodning avtomobillarini Qozog‘iston hududida keng tarmoqli yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bitim imzolagan.

Birinchi bosqichda Kostanayda yiliga 7000 dona Ravon Nexia R3 sedanlarini yig‘ish imkoniga ega ishlab chiqarish quvvatlari yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik ikkinchi model — Spark ham ishlab chiqarilishi mumkin. Hozirda sertifikatlashtirish masalasi ko‘rilmoqda, deydi Allur Group rahbari.

Yig‘ilishda O‘zbekiston tomoni qo‘shni mamlakat hududida yig‘ilgan avtomobillarni Qozog‘iston hududida dilerlargacha yetkazib berish uchun ma’lum bir subsidiyalar taqdim etish imkoniyatlari va Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillarini ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishga, xususan, Qozog‘iston Taraqqiyot banki moliyaviy resurslarini jalb etish masalalarini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют