» » Alisher Shodmonov: Birlamchi tibbiyot muassasalaridagi tor mutaxassislar yetishmovchiligi 2020-yilgacha to‘liq bartaraf etiladi

Alisher Shodmonov: Birlamchi tibbiyot muassasalaridagi tor mutaxassislar yetishmovchiligi 2020-yilgacha to‘liq bartaraf etiladi


Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Tibbiy ta’limdagi islohotlar – sog‘liqni saqlash tizimini taraqqiy ettirishning muhim mezonlaridan biri” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, hozirda mamlakatda 7 ta oliy tibbiy ta’lim muassasasi va ularning 4 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 2018-yil ushbu oliy ta’lim muassasalarini bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha  2000 nafar talaba tugatib ishga yo‘llanma olgan bo‘lsa,  4395 nafar yigit-qizlar talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ldi.

Ta’lim tizimidagi islohotlar jarayonida Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘qish muddatlari 7 yildan 6 yil va “tibbiy profilaktika” yo‘nalishida 6 yildan 5 yil qilib belgilandi. Shuningdek, o‘quv rejalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokini 23 foizdan 7 foizga qisqartirilib, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi  55 foizdan 85 foizgacha oshirildi hamda xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv rejalari ishlab chiqilgani ham ta’lim berish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Anjumanda qayd etilganidek, hozirda hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali shifokorlar bilan ta’minlashda davlat grantlari asosida bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha qabul yo‘lga qo‘yilgani ham e’tiborga loyiq. Chunonchi, 2017-yilda 1180 ta, joriy yilda 1548 ta kvota shakllantirildi. Maqsadli tayyorlanayotgan kadrlar 3 yildan 10 yilgacha muddatda tegishli hududlarda ishlab berishadi. Bundan tashqari, pensiyaga chiqqan mutaxassislarimiz malakasini oshirib, ishga jalb etilishi, xorijdagi mutaxassislarimizning O‘zbekistonga qaytib, faoliyat yuritayotganin joriy yilda o‘quv yilining qisqarishi evaziga ikkita kursning o‘qishni tamomlashi kabi omillar ham sohadagi kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etishda qo‘l kelayotir.

– Ushbu chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon, Sirdaryo viloyatlarida umumiy amaliyot shifokoriga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplandi. Qolgan hududlarning ham bu boradagi ehtiyoji 2019-yil bitiruvchilari hisobidan qoplanadi. Birlamchi tibbiyot muassasalaridagi tor mutaxassislar yetishmovchiligi klinik ordinatura, magistratura, qisqa muddatli qayta tayyorlov kurslari bitiruvchilari hisobiga 2020-yilgacha to‘liq bartaraf etiladi, – dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

Tibbiy oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ham vazirlik diqqat-markazida bo‘lib kelayapti. Jumladan, 7 ta tibbiyot oliygohi ob’ektlariga 57,6 mlrd. so‘m, shuningdek, uchta tibbiyot oliygohlarining kilinikalariga 35,0 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, qurilish-ta’mirlash ishlar jadallik bilan olib borilayapti.

Tibbiy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik ham rivojlanmoqda. Keyingi yillarda respublikamizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari 20 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu hamkorlik memorandumlari asosida hozirda birgina Janubiy Koreyaning tibbiyot universitetlarida 40 nafar o‘zbekistonlik talabalar tegishli ta’lim yo‘nalishlarida  tahsil olishmoqda.

Joriy o‘quv yilida Toshkent davlat stomatologiya institutida Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universitetining “Stomatologiya” va Italiyaning Turin politexnika universitetining “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo‘nalishlari ochildi. 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab Janubiy Koreyaning Indje universiteti Ilsan gospitali bilan “Travmatologiya va ortopediya” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma dastur asosida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida  magistrlarni tayyorlash haqida kelishuv imzolandi va ta’lim jarayonini boshlash rejalashtirilgan. Shuningdek,  ushbu institutda “Pediatriya ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dastur asosida halqaro fakultetda talabalarni tayyorlash yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan kelishuv imzolandi.

Talabalar bilan bir qatorda shifokorlarning malakasini oshirish borasida ham tizimli ishlar olib borilyapti. Joriy yilda shu yo‘nalishda besh yuz nafardan ko‘proq yosh mutaxassislarning chet elda malaka oshirishi, 400 nafarga yaqin xorijlik mutaxassislar O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida mahorat darslarini tashkil etishi tibbiyot oldida turgan dolzarb vazifalar yechimi yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.

Tibbiy oliy ta’lim muassasalarida malakali kadrlar tayyorlash barobarida sohaning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda. So‘nggi yillarda  226 ta ixtiroga va foydali modellarga patentlar, 186 ta EHM dasturi uchun guvohnomalar olingani ham sohada ilm-fanga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasidir.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qizirgan savollarga mutaxassislar batafsil javob qaytardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют