» » SP Jain Global School of Management biznes maktabi 100 foizgacha o‘quv grantlarini e’lon qilmoqda

SP Jain Global School of Management biznes maktabi 100 foizgacha o‘quv grantlarini e’lon qilmoqda


SP Jain Global School of Management biznes maktabining bakalavr yo‘nalishining dasturi — bu o‘quv xonalari bilan chegaralanmaydigan o‘quv dasturidir. Ushbu oliy ta’lim muassasasida dunyoning eng nufuzla professor-o‘qituvchilari dars beradi. Muassasadagi o‘qish jarayoni nafaqat nazariy bilimlar, balki muassasa hamkorlari bo‘lmish yirik kompaniyalarda amaliyotni o‘z ichiga oladi.

SP Jain sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

1. O‘z bilimlaringizni namoyish etib, 100 foizgacha grantga erishish;

2. Dunyoning 3 mamlakatida unutilmas tajriba, bular

1-kurs Singapur

2-kurs Birlashgan Arab Amirligi (Dubay)

3-4-kurslar Avstraliya (Sidney)

3. O‘z karyerangizni dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan birida boshlang. Bakalavr dasturi yakunida sizga Avstraliyada 2 yil ishlash uchun viza rasmiylashtiriladi.

4. Xalqaro talabalar muhitida ta’lim olish;

5. Avstraliya namunasidagi diplomga ega bo‘lish

6. Moliya, Marketing, Tadbirkorlik, Ma’lumotlar bilan ishlash ilmlari bo‘yicha Bachelor of Business Administration (Biznesni boshqarish bo‘yicha bakalavr) diplomiga ega bo‘lish.

SP Jain maktabining dunyo miqyosdagi tajribasi sinf xonasining to‘rt devori bilan chegaralanmasdan, talabalar o‘qiyotgan har bir shaharda ular tizimli ravishda mamalakat iqtisodiyoti, siyosati, madaniyati bo‘yicha global integratsiya tadbirlarida ishtirok etishadi.

Masalan, talabalar Sidneyda Westpac Banking Corporation va ALG Limited kompaniyalarining biznes modelini o‘rganish uchun tashrif buyurishadi. Dubayda talabalar tashkiliy mexanizmi qanday tashkil etilganligini o‘rganish uchun Burj Xalifaga taklif etiladi. Singapurda Marina Bay Sands kazinolarining boshqaruv ofislarida ularning foyda olish modelini o‘rganishadi. O‘qishning bir necha kampuslarda olib boriladigan ta’limning bunday modeli katta yutuqlar sababchisi bo‘lmoqda, chunki talabalar bunday muhitda turli madaniy qadriyatlar bilan tanish bo‘lgan turli yo‘nalishlarda savodi baland tadbirkorlar tayyorlanadi.

O‘qish qanday tashkil etiladi?

O‘qishning birinchi yili Singapurda, keyingisi Dubayda va yakuniy 2 yili Sidneyda tashkil etiladi. Umumiy ta’lim muddati 4 yil.

SP Jain Global School of Management biznes maktabiga o‘qishga kirish uchun birinchi bosqichda matematika, IQ va ingliz tili bo‘yicha kompleks test o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda – muassasaning vakillari bilan suhbat tashkil etiladi.

Ushbu oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt narxi yiliga 21 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Bizning kompaniyamiz (EVA-Consulting) biznes maktabi bilan yaqin hamkorlik qilgani sababli, biz orqali topshirsangizgina 100% grantga sazovor bo‘lishingiz mumkin. Grantlar test va suhbat natijalarining yakunida elon qilinadi. Grant joylar cheklangan, bor-yo‘g‘i 10 ta joy.

O‘qishga kirish uchun talablar:

— diplomingizdagi yaxshi va a’lo baholar

— ingliz tilini bilish darajasi (biroq IELTS sertifikati shart emas)

— a’lochilik (akademik) yutuqlari (faxriy yorliq, maqtov yorlig‘i, turli sport va predmet olimpiadalaridagi sovrinli o‘rinlar)

— fuqarolik pasporti (mamlakatga kirish-chiqish ruxsati – OVIR bilan)

— testlarni eng kamida 75 muvafaqiyatli topshirganlar uchun grant berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati

1. O‘rta, o‘rta-maxsus, kasbiy ta’limni tamomlaganlik to‘g‘risida hujjat (KXK yoki AL diplomi)

2.Pasport nusxasi

3. Akademik yutuqlar bo‘yicha sertifikat va yorliqlar

4. Til savodxonligi bo‘yicha sertifikat (agar bo‘lsa)

5. Boshqa sertifikatlar

6. Hisobda kamida 10 000 AQSh dollariga teng mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi (3 oy davomida pul kirim-chiqimini ko‘rsatgan holda)

O‘quv kontrakt summasidan tashqari xarajatlar:

1. Registratsiya badali (2000 AQSh dollari)

2. Tibbiy sug‘urta (300 AQSh dollari)

3. Viza to‘lovi (200 AQSh dollari)

4. O‘quv jarayonini boshlash to‘lovi (kitob va o‘quv materiallari, boshqa majburiy to‘lovlar 1500 AQSh dollari)

5. Turar joy va ovqatlanish uchun to‘lovlar. (Universitet tomonidan beriladigan talabalar turar joyi taxminan 250 AQSh dollariga teng)

7. Yo‘lkira (samolyot chiptasi taxminan 350 AQSh dollari)

Testlarda ishtirok etish uchun abituriyentlar ushbu elektron shaklni to‘ldirish orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart:

Shuningdek, SP Jain School of Global Management biznes maktabi joriy yilning 9—16-noyabr kunlari 4 shaharda (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona) o‘tkaziladigan “Ta’lim va kasb 2018” ko‘rgazmasida o‘z chiqishi bilan ishtirok etadi.

Ushbu tadbir EVA-Consulting kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. EVA-Consulting SP Jain School of Global Management biznes maktabining eksklyuziv hamkori bo‘lib, talabalarning xorijiy mamlakat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi bo‘yicha maslahat va yordam xizmatlarini ko‘rsatadi.

Bizning Facebook kanalimiz

Bizning Telegram kanalimiz

Telefon:

+998 78 140-55-85,

+998 78 140-55-65,

+998 90 972-55-45.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют