» » Sirdaryoda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berish bo‘yicha 1638 ta arizaning bor-yo‘g‘i 311 tasi qondirilgan

Sirdaryoda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berish bo‘yicha 1638 ta arizaning bor-yo‘g‘i 311 tasi qondirilgan


Joriy yilning 20-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan edi, deyiladi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi xabarida.

Aksiyada ishtirok etib, noqonuniy qurilgan turar joylarni qonuniylashtirib, o‘z mulklarini erkin tasarruf etish mumkin. Ya’ni ular turar-joyni sotish, almashtirish, hadya qilish, meros qilib qoldirishi mumkin bo‘ladi.

Farmon ijrosi yuzasidan ishlarni tashkil etish bo‘yicha respublika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalari tuzildi.

Komissiya a’zolari o‘rtasida axborot almashinish idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashi kerak edi. Fuqaro tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat etishi bilan fuqaroning harakati to‘xtab, hujjatlar elektron harakatlanishni boshlashi, ishchi guruh tomonidan masala hal etilgach, tayyor hujjatlar yana elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga kelib tushishi, fuqaro esa belgilangan summani to‘lab, davlat organlari faoliyatidan rozi bo‘lib, tayyor hujjatlarni olib chiqib ketishi lozim.

Biroq shunday imkoniyat yaratilgan bo‘lsa-da, ayrim davlat idora va tashkilotlarida “eski hammom, eski tos”, deyiladi xabarda.

Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish uchun Sirdaryo viloyati bo‘yicha 1 638 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan faqat 311 ta murojaat bo‘yicha mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining qarorlari chiqarilishiga erishilgan bo‘lsa, 124 ta murojaatga esa rad xulosalari berilgan.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 136 ta (murojaatlar soni 577 ta), Shirin shahrida 8 ta (murojaatlar soni 15 ta), Yangiyer shahrida 8 ta (murojaatlar soni 27 ta), va Boyovut tumanida 14 ta (murojaatlar soni 186 ta), Guliston tumanida 25 ta (murojaatlar soni 71 ta), Mirzaobod tumanida 52 ta (murojaatlar soni 235 ta), Oqoltin tumanida 0 ta (murojaatlar soni 39 ta), Sardoba tumanida 0 ta (murojaatlar soni 38 ta), Sayxunobod tumanida 35 ta (murojaatlar soni 114 ta),  Sirdaryo tumanida 33 ta (murojaatlar soni 245 ta), Xovos tumanida 0 ta (murojaatlar soni 91 ta)  noqonuniy uy-joyga nisbatan (murojaatlar soni 311 ta) mulk huquqi e’tirof etish haqida hokim qarori qabul qilingan, xolos.

Qonun buzilishlar 282 ta ulardan muddati buzilganlar soni 273 ta, ma’muriy jazoga tortilganlar soni 5 ta, taqdimnoma asosida intizomiy jazoga tortilganlar 4 ta.

Xulosa o‘rnida: joriy yilning to‘qqiz oyi davomida Sirdaryo viloyati bo‘yicha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga kelib tushgan arizalar 1638 tani tashkil etgan bo‘lsa-da, ulardan atiga 311 tasi hokim tomonidan qarorlar qabul qilingan, 124 tasi rad etilgan, ish jarayonidagilar 767 tadan iborat bo‘lib, qolgan 436 tasi bir martalik yig‘imni to‘lashi uchun yuborilgan hisobvaraq-fakturalarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют