» » Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolarini O‘zbekistondan deport qilish bilan qo‘rqitib, telefoni va pullarini tortib olgan jinoiy guruh ushlandi

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolarini O‘zbekistondan deport qilish bilan qo‘rqitib, telefoni va pullarini tortib olgan jinoiy guruh ushlandi


Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani, Afrosiyob mahallasida yashovchi M.Ashurova (ism-shariflar shartli) Tojikiston moliya va iqtisodiyot instituti sirtqi bo‘limi buxgalteriya fakultetiga o‘qishga qabul qilingach, kontrakt-shartnoma pulining 50 foizini to‘lab, talabalar safiga qo‘shilganidan suyunib yurganida tovlamachi girdobiga tushib qoldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uzun tumani, Malandiyon mahallasida yashovchi 63 yoshli pensioner Aznur Manuchehrov 45 yoshdagi ayolning talaba bo‘lganidan foydalanib, undan pul undirmoqchi bo‘ladi. Bu holat yuzasidan M.Ashurova ichki ishlar bo‘limiga murojaat etib, yordam so‘ragan.

Jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra, A.Manuchehrov M.Ashurova bilan uchrashib, “shartnomalaring bekor. Agar menga 500 dollar bermasang tanishlarim orqali o‘qishga kirganliging haqidagi buyruqni bekor qildiraman. O‘qishga kirgan bo‘lsang ham haydatib yuboraman. Sariosiyo va Uzun tumanida yengil tabiatli ayol sifatida nomingni chiqaraman”, deya qo‘rqitib, pul talab qiladi. Ayol oilaviy ahvoli og‘irligini aytgach, tovlamachi undan 300 dollar berishini so‘rab, kamiga ahloqsizlik qilishiga majbur qilmoqchi bo‘ladi.

Fuqaroning murojaati asosida viloyat va Uzun tumani ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan Denov tumanidagi “Farrux” oshxonasi hududida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida A.Manuchehrov M.Ashurovadan 300 dollarga hisoblab, 2 million 400 ming so‘m pulni olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

— Shu kuni Termiz tumanida tovlamachilikni kasb qilib olgan guruh qo‘lga olindi, — deydi Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhi rahbari F.Toshboyev. — Jumladan, Termiz shahrida yashovchi Lobar Sottiyeva Termiz tumani, Kokildor ota mahallasida yashovchi opasi Uchgul Qiyomova, shu mahallada yashovchi singlisi Zarhol Sullayeva, Shokir Allamov hamda tanishlari — Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi Zarbina Qoraboyeva, Termiz tumanida yashovchi Noqobil Suymasovlar bilan bir guruh bo‘lib, tovlamachilik yo‘li bilan o‘zgalar mol-mulkini qo‘lga kiritishni rejalashtiradi. Shu maqsadda tungi soat 22:00 da 26 yoshdagi Zarxol Sullayeva hamda 21 yoshdagi Zarbina Qoraboyeva Afg‘onistonning ikki fuqarosini Uchgul Qiyomovaning uyiga olib kelib, jinsiy aloqada bo‘layotganida Shokir Allamov va Noqobil Suymasov xonaga kirib, o‘zlarini IIB JQB xodimlari, deb tanishtiradi. 25 yoshdagi ikki afg‘on fuqarosini O‘zbekistondan deport qilib chiqarib yuborishini aytib, qo‘rqitadi.

Zo‘rlik ishlatib, jabrlanuvchilarni o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yadi. Shu yo‘l bilan ularning biridan bir million so‘mlik Prime rusumli uyali telefon apparatini, 500 ming so‘mlik erkaklar uzugini, 50 ming so‘m pulini, ikkinchisidan ikki million so‘mlik Samsung A-5 rusumli uyali telefon apparatini, 300 ming so‘m puli va 50 ming so‘mlik erkaklar hamyonini tovlamachilik yo‘li bilan olib, o‘zlarini uydan chiqarib yuboradi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida tovlamachilar guruhi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют