» » Vaqf qilingan kitoblar Qashqadaryo viloyatidagi masjidlarga yetkazildi

Vaqf qilingan kitoblar Qashqadaryo viloyatidagi masjidlarga yetkazildi


7—8-oktyabr kunlari “Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi” doirasida Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Nishon, Kasbi va Mirishkor tumanlaridagi 43 ta masjidga jami hisobda 52 mln so‘mlik 2021 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabar berdi.

Masjidlarning har biriga “Qur’oni karim”, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, “Odoblar xazinasi” to‘plami, “Ruhiy tarbiya” to‘plami, “Hadis va hayot” kitobidan 9 ta juz, “Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq”, “Zikr ahlidan so‘rang” kitobidan 7 ta juz, “Oltin silsila” 4, 6-juzi, “Islom tarixi”, “Mo‘minning qalqoni”, “Ochiq xat”, kitoblari, shu bilan birgalikda masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan “Javome’ul kalim”, “ Faqif imomlar ixtilofida hadisi sharifning o‘rni”, “O‘kinma”, “Islom va olam”, “Yengil amallar”, “Hanafiy fiqhidan savol-javoblar”, “G‘iybat o‘zi nima?”, “Islomda oila”, “Siz qanday yashamoqchisiz?”, “Doka ro‘mol qachon quriydi”, “Men ham namoz o‘qiyman”, “Muallimi soniy”, “Bir vijdon uyg‘onur”, kabi kitoblar Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

“To‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Hozirgi kungacha 306 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta’minlandi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют