» » Peterburgda 3 ta uy va metro bekati minalashtirilgani haqida yolg‘on xabar bergan o‘zbekistonlik ushlandi

Peterburgda 3 ta uy va metro bekati minalashtirilgani haqida yolg‘on xabar bergan o‘zbekistonlik ushlandi


Sankt-Peterburgda oxirgi kunlarda “minalashtirilgan” binolar haqidagi xabarlar oqimi ko‘paydi. Bu haqda “Podrobno.uz” ma’lum qildi.

8-oktabr kuni “112” xizmatiga  O‘zbekiston fuqarosi qo‘ng‘iroq qilib, shaharning Dibenko ko‘chasidagi 3 ta uy va shu nomli metro bekatiga bomba qo‘yilganini bildirdi.

Mazkur obyektlar ko‘zdan kechirildi, biroq evakuatsiya o‘tkazilmadi. Tekshiruv davomida hech qanday shubhali holat aniqlanmadi.

Hozirda 32 yashar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu kunning o‘zida  va ertasiga “112” xizmatiga bomba joylashtirilgan uy hamda kasalxona haqida 2 ta xabar kelib tushdi. Ularning ikkisi ham o‘z tasdig‘ini topmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют