» » O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaraoldi savdo markazini ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaraoldi savdo markazini ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda


O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaraoldi hududidagi hamkorlik bo‘yicha xalqaro markazni ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” ma’lum qildi.

Hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan “Xorgos” Qozog‘iston—Xitoy xalqaro chegaraoldi savdo markazi buning uchun namuna vazifasini o‘tashi bildirilmoqda.

“O‘tgan yili Qozog‘iston orqali yuklar tranziti 17 foizga oshdi va salkam 17 million tonnani tashkil etdi. 2015-yildan beri mamlakat yalpi ichki mahsulotida transportning ulushi 8 foizdan pastga tushgani yo‘q. ’Xorgos’ loyihasi muvaffaqiyatli chiqqani sababli hozirda Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida ham shunga o‘xshash markazni ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov.

Oldinroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatiga O‘zbekiston bilan hamkorlikda yangi xalqaro savdo zonasi va “Turkiston” o‘tkazish punktini ochish masalasini muhokama qilishni topshirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют