» » “O‘zbеknеftgaz” AJ Fransiyaning Total E&P kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

“O‘zbеknеftgaz” AJ Fransiyaning Total E&P kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi


7-oktabr kuni Parijda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi v.b. Bahrom Ashrafxanov Total E&P kompaniyasi prezidenti janob Arni Breyyak bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida neft-gaz sohasida kelgusi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Fransiya tomoni “O‘zbekneftgaz” AJ bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishga qiziqish bildirayotganini aytib, O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoatining salohiyati yuqori ekanligini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi sarmoyaviy bloklarida geologik qidiruv ishlarini birgalikda olib borish imkoniyatlarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitim doirasida qo‘shma ishchi guruh tuziladi. Uning tarkibiga kiruvchi mutaxassislar kelgusi hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘rganishlar yakuniga ko‘ra aniq takliflarni taqdim etadi.

Mazkur Bitimning imzolanishi ikki davlat kompaniyalarining neft-gaz sanoati sohasidagi samarali hamkorligini rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

Avvalroq, 2018-yilning sentabr oyida Total E&P kompaniyasi vakillarini O‘zbekiston Respublikasining istiqbolli sarmoyaviy bloklari bilan tanishtirish maqsadida Maxfiylik kelishuvi imzolangan edi.

Ta’kidlash joiz, Total E&P kompaniyasi dunyoning 130dan ortiq davlatlarida faoliyat yuritadi va 100 mingga yaqin xodimlarga ega. Kompaniya yiliga 130 million tonna neft ishlab chiqaradi. Kompaniyaning bozor kapitalizatsiya qiymati 162,78 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarishdan tashqari, kompaniya neftni qayta ishlashni amalga oshiradi, shuningdek yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i va qator kimyo sanoati korxonalari egasidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют